Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan madridliklar boshqaruvini tark etish haqida jiddiy bosh qotirmoqda, deya xabar qilmoqda Onda Madrid.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Manbaga ko‘ra, og‘ir mavsum tufayli yuzaga kelgan ruhiy va jismoniy charchoq sabab mutaxassis shu qarorga kelgan.

Avvalroq 48 yoshli murabbiy xizmatlariga “Yuventus”dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Qayd etilishicha, turinliklar Zidan bilan bog‘lanishga ulgurgan.

Ayni vaqtda “Real” Ispaniya chempionatida uchinchi pog‘onada bormoqda. Jamoa peshqadam “Atletiko”dan uch ochko ortda qolmoqda. Chempionlar Ligasi chorak finali dastlabki o‘yinida “Qirollik klubi” o‘z uyida “Liverpul”ni 3:1 hisobida yengdi.

Zinedin Zidan dastlab 2016-yilda “Real” bosh murabbiyiga aylangan. U 2018-2019-yillar oralig‘ida biroz tanaffus qildi va yana Madrid shahri jamoasi boshqaruviga qaytdi. Shuningdek, Zinedin 2001—2006-yillar mobaynida “Real” safida to‘p surgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda -16,2 daraja sovuq qayd etildi
Mahalliy
Angrenda sobiq hokim yordamchisi o‘zini otib o‘ldirdi
Dunyo
Ukraina elchixonalariga bombalar va hayvonlar a’zolari solingan 18 ta posilka jo‘natilgan