Daryo

Bahoriy taomnoma: gulkaramdan tez tayyor bo‘luvchi mazali yeguliklar

Ayni bahor mavsumida gulkaramdan tayyorlanuvchi hazmi yengil va parhezbop taomlarni tavsiya etamiz

2 daqiqa o‘qish58 276 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:“Domashniy ochag”

Vitaminlarga boy gulkaramni ko‘pchilik sevib iste’mol qiladi. Ayni bahor mavsumida gulkaramdan tayyorlanuvchi hazmi yengil va parhezbop taomlarni tavsiya etamiz.

Gulkaramli pitssa

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • gulkaram — 1 bosh;
  • un — 1-2 osh qoshiq;
  • tuxum — 1 ta;
  • pishloq — 150 gramm;
  • sarimsoq — 1 dona;
  • motsarella pishloqli sharchalari — 10-12 ta;
  • cherri pomidori — 10-12 ta;
  • o‘simlik yog‘i;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Gulkaramni tuzli suvda 10 daqiqa qaynating. Keyin blenderda ezib, unga tuxum. Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, sarimsoq, un va o‘simlik yog‘i qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
  2.  Massani pech patnisiga joylab, 220 darajada qizdirilgan pechga 15 daqiqaga qo‘ying.
  3. Pitssa ustini cherri pomidorlari va motsarella pishloqli sharchalari bilan bezang va yana 5 daqiqaga pechda pishiring.
Gulkaramli oladyi
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • gulkaram — 1 bosh;
  • un — 50 gramm;
  • tuxum — 2 ta;
  • pishloq — 70 gramm;
  • o‘simlik yog‘i;
  • smetana;
  • ko‘katlar;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Gulkaramni tuzli suvda 5-7 daqiqa qaynating. Keyin blenderda ezib, unga tuxum, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, un va tuz qo‘shing.
  2. Yaxshilab aralashtirib, qizigan tovada ikki tomonini qizartirib qovurib oling.
  3. Dasturxonga smetana va ko‘katlar bilan birga torting.
Gulkaramli tofu
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • gulkaram — 1 bosh;
  • tofu — 1 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Gulkaramni o‘simlik yog‘ida yarim tayyor holda qovurib oling.
  2. Keyin uni alohida idishga olib, ustiga pishloq, tuz, ziravorlar seping.
  3. 180-200 darajali pechda 15 daqiqa pishiring.
Kunjutli gulkaram
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • gulkaram — 750 gramm;
  • kunjut pastasi (taxini) — 3 osh qoshi;
  • limon sharbati — 0,5 choy qoshiq;
  • asal — 1 choy qoshiq;
  • issiq suv — 2,5 osh qoshiq;
  • maydalangan garmdori — bir chimdim;
  • kunjut — 2 osh qoshiq;
  • kinza;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Katta idishdagi suv qaynagach, unga gulkaramni solib, 3 daqiqa davomida pishiring.
  2. Boshqa idishda kunjut pastasi, limon sharbati, asal, garmdori murch, tuz va suvni yaxshilab aralashtiring.
  3. Pishgan gulkaramni aralashmaga botirib, ustiga to‘g‘ralgan kinza va kunjut seping.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar