Daryo

Toshkentda 60 yoshli ayol yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bir qator ekspertizalar tayinlanib, tergov olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish51 854 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar YHXBB matbuot xizmati

Toshkentning Yashnobod tumanida 60 yoshli ayol yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar YHXBB matbuot xizmati

Voqea 24-mart kuni soat 17:55 da tumanning Muxtor Ashrafi va Izzat ko‘chalari kesishmasida ro‘y bergan. 24 yoshli haydovchi R.A. DAF yuk mashinasini boshqarish davomida belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 60 yoshli ayol O.L.ni urib yuborgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, piyoda transport vositasining haydovchiga ko‘rinmaydigan “ko‘r” hududida bo‘lgan. Ayol olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bir qator ekspertizalar tayinlanib, tergov olib borilmoqda.

2020-yilning oktabrida Surxondaryoda ham shunday YTH yuz bergandi. Yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan ikki piyodani ko‘rmay, ularni urib ketgan. Oqibatda piyodalardan biri olgan tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar