Daryo

Elvis Presli xush ko‘rib iste’mol qilgan sendvich retsepti

Aytishlaricha mazkur tez tayyor bo‘luvchi sendvich rok-n-roll qiroli — Elvis Preslining sevimli yeguligi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish22 874 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Shutterstock

Aytishlaricha mazkur tez tayyor bo‘luvchi sendvich rok-n-roll qiroli — Elvis Preslining sevimli yeguligi bo‘lgan.

Foto: Shutterstock
Kerakli mahsulotlar:
  • banan — 1 ta;
  • oq non — 2 bo‘lak;
  • yeryong‘oq moyi — 2 osh qoshiq;
  • sariyog‘ — 2 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. bananni tozalab, bo‘laklarga bo‘ling. Non bo‘laklarini yog‘siz tovada tillarang tusga kirguncha ikkala tomonini qovurib oling;
  2. nonning bir bo‘lagiga yeryong‘oq moyini surtib, ikkinchi bo‘lagiga banan terib chiqing;
  3. non bo‘laklarini birlashtirib, sariyog‘li tovada jigarrang bo‘lguncha qovurib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar