Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining Sergeli tumanida yuk mashinasi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani bosib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Kadr: Videodan skrinshot

Kadr: Videodan skrinshot

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 20-oktabr kuni soat 10:00 larda Sergeli tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasi “Davr bank” binosi qarshisida 1983-yilda tug‘ilgan A.A. ismli haydovchi MAN rusumli yuk transport vositasini boshqarib kelib svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtagan.

Yuk mashinasi haydovchisi yashil chiroq yonishi bilan yana harakatini davom ettirayotganida qatnov qismining belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 1961-yilda tug‘ilgan M.Y. ismli piyodani ko‘rmay qolib bosib ketgan.

Natijada 59 yoshli piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki piyodani yuk mashinasi urib ketgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi