Daryo

Pechda brokkoli va tuxumdan omlet tayyorlaymiz

Ta’bga ko‘ra taom yuzasiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepish mumkin

1 daqiqa o‘qish22 478 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Sabzavot va tuxumni sevib iste’mol qiladiganlar uchun ajoyib taom.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • brokkoli − 600 gramm;
  • tuxum − 5 dona;
  • sut − 500 ml;
  • saryog‘ − 1 choy qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  • brokkoli bo‘laklarga bo‘linib, tuzli suvda 3 daqiqa qaynatib olinadi;
  • tuxumga tuz va ziravorlar solinadi, so‘ngra sut bilan aralashtiriladi;
  • qandolat qolipi avval yog‘lanadi, ichiga brokkoli va sutli aralashma quyiladi;
  • 180—200 daraja pechda 30 daqiqa davomida omlet qizargunga qadar pishiriladi;
  • ta’bga ko‘ra taom yuzasiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepish mumkin.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar