Daryo

Buxoroda xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan PPX xodimi 735 ming so‘m jarimaga tortildi

Haydovchi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasdan, piyodalar o‘tish joyida to‘xtagan

1 daqiqa o‘qish53 370 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoroning markaziy ko‘chalaridan birida 16-mart kuni patrul-post xizmati xodimi Nexia rusumli xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqda tarqaldi va keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Unda ushbu mashina haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 91-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan, piyodalar o‘tish joyida to‘xtaganligi aks etgan.

YHXBB matbuot xizmati xabar berishicha, haydovchi Sh.B.ga nisbatan Buxoro viloyati IIB YHXB xodimi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining (245 ming so‘m) 3 baravari — 735 ming so‘m jarima jazosi belgilangan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar