Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyodagi eng kichik va boy mamlakatlardan biri – Lixtenshteyndir. Uning aholisi Tesla elektromobillarda yurishni va organik mahsulotlar iste’mol qilishni afzal ko‘radi. Mamlakat shahzodasi esa o‘z puliga yo‘l quradi va barchani nonushtaga taklif qiladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Mamlakat tarixi Lixtenshteyn oilasi, taxminan, Reyn daryosidan 160 kvadrat kilometr yuqorida bo‘lgan 2 ta kichik yer maydonlarini sotib olganidan boshlanadi. Natijada 1719-yilda Rim imperiyasi qulagandan so‘ng, mustaqillikka erishgan Lixtenshteyn knyazligi paydo bo‘ldi. Umuman olganda, ushbu mamlakat xususiy mulkdir.
  • Lixtenshteyn dunyodagi ijaraga olinadigan yagona davlat. Buning uchun kuniga 70 ming dollar to‘lash mumkin. 2010-yilda Snoop Dogg klip suratga olish uchun davlatni ijaraga olmoqchi bo‘lgan, ammo u oldindan o‘z maqsadi haqida ogohlantirmagani uchun rad etildi. Ushbu voqeadan ko‘p o‘tmay, Airbnb saytida Lixtenshteynni kamida ikki sutkaga band qilish mumkinligi to‘g‘risida e’lon paydo bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Lixtenshteyn 450 dan 900 gacha odamni qabul qilishi mumkin. u yerda 500 dan ortiq hammom va hojatxona bor. Ammo hozirda ushbu e’lon saytda mavjud emas.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Lixtenshteyn Yevropa markazida joylashganiga qaramay, unga borish juda qiyin. U yerga samolyot uchmaydi, poyezd yurmaydi. Faqatgina avtobuslar orqali harakatlanish mumkin.
  • Lixtenshteyn juda boy mamlakat bo‘lib, u yerda o‘rtacha ish haqi oyiga 5,7 ming dollar – 5310 Shveysariya frankini tashkil etadi. Shu sababdan ham ko‘plab yevropaliklar u yerda ishlashni xohlaydi. Shu bilan birga narx-navo ham juda baland, bu tarafdan esa u yerda yashashni istovchilar kamroq. Natijada har kuni ertalab Avstriya, Shveysariya va Germaniyadan 13 mingga yaqin kishi knyazlikka ishlashga boradi va kechki payt uyiga qaytadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Lixtenshteyn dunyodagi fuqarolariga qaraganda korxonalari ko‘p bo‘lgan mamlakatdir. Ushbu kompaniyalar tish protezlari ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. Shuningdek, ushbu mitti mamlakatda eng katta va tezkor “Amerika tepaliklari” attraksioni ishlab chiqarilmoqda. Shu kabi attraksionlarning tezligi eng yuqorisi Formula Rossa bo‘lib, u ham Lixtenshteynda ishlab chiqarilgan va Abu-Dabida joylashgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Lixtenshteyn knyazi Hans-Adam II dunyodagi eng boy 500 kishidan biri. U Uyg‘onish  davri durdonalarining ulkan to‘plamiga va Venadagi 2 ta saroyga egalik qiladi. Uning shaxsiy boyligi 4,4 milliard dollarga baholanmoqda, bu esa Buyuk Britaniya qirolichasinikidan 11,5 baravar ko‘p. Qirolichaning 380 million dollari bor.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Katta boylikka qaramay, knyazlik oilasi vakillari kamtarona yashashga harakat qiladi. Davlat rahbari va uning rafiqasi malika Mariya Kinski ko‘pincha Vaduts shahri atrofida qo‘riqchisiz yuradi va mahalliy restoranlarda pitssa iste’mol qiladi. Hans-Adamning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi ularni taniydi, faqatgina sayyohlar bilmaydi xolos. Juftlikning 3 o‘g‘li va qizi Lixtenshteyndagi oddiy maktabda tahsil olgan.
  • Knyazlar oilasi o‘rta asrlardagi Vaduts qal’asida, jarlikning tepasida yashaydi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Har yili 15-avgustda monarx fuqarolari uchun qal’a eshiklarini ochadi va barchani birgalikda ovqatlanishga taklif etadi. Lixtenshteynda “Milliy kun” bayrami shunday nishonlanadi. Ushbu davlatda tug‘ilib o‘sgan Reddit foydalanuvchisining aytishicha, o‘sha kuni hamma qal’ani aylanib chiqadi, ammo o‘g‘riliklar sababli aholi faqat maxsus xonaga taklif qilinadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Mish-mishlarga ko‘ra, Hans-Adam II o‘zga sayyoraliklarga ishonadi va ko‘p yillar davomida xalqaro NUJ tadqiqotlariga homiylik qilib, millionlab dollar sarflaydi.
  • Bir marotaba rahbar parlament bilan janjallashib, Venada yashash uchun ketishini va Lixtenshteynni Bill Geytsga sotilishini ham e’lon qilgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Lixtenshteyn dunyodagi eng past jinoyatchilik ko‘rsatkichlaridan biriga ega. Mamlakatdagi qonun va tartibni 125 politsiyachi himoya qiladi – bu mamlakatdagi yagona qurolli kuch. Shuningdek, kam sonli mahbusga ega qamoqxona mavjud. 2 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolar esa Avstriyaga ko‘chiriladi.
  • Mamlakatning o‘z armiyasi yo‘q. Lixtenshteyn bayrog‘i ostida xizmat qilgan so‘nggi askar 1939-yilda 95 yoshida vafot etgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Lixtenshteyn Olimpiada medallarining aholi jon boshiga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Umuman olganda mamlakat 10 ta medalni qo‘lga kiritgan, barchasi qishki sport turlari bo‘yicha – har 3,8 ming kishiga 1 tadan to‘g‘ri keladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Rossiyalik Natalya Maxovik Lixtenshteynda yashaydi va ushbu mamlakat haqidagi fikrlarni Telegram kanalida e’lon qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatdagi barcha do‘kon, bank, restoran, salon, sport zallari 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi, tushlik soat 12:00 dan 14:00 gacha bo‘ladi. Agar 17:00 dan oldin suv va apelsin sotib olinmasa, keyin buning imkoni bo‘lmaydi.
  • Natalyaning aytishicha, supermarketlarda sotiladigan mahsulotlarning 90 foizi organik mahsulotlardir. Kimyoviy usul yordamida olingan sabzavot, meva, sut va go‘sht mahsulotlari alohida rastalarda joylashgan bo‘lib, chegirmalar bilan sotiladi.
  • Lixtenshteynda piyodalar o‘tish joyi videokameralar bilan jihozlangan. Piyoda o‘tish yo‘lagiga yaqinlashganda, darhol yashil chiroq yonadi. Kutish yoki maxsus tugmani bosish shart emas.

Foto: AdMe

Foto: AdMe
  • Lixtenshteynda yashovchi Reddit foydalanuvchisi quyidagicha yozadi: “Bu yerda qiziqarli narsalar ko‘p. Ayniqsa, xobbilar uchun: futbol, tennis, toshlarga chiqish va boshqalar. Shuningdek, bir dona klub bor, ammo men u yerga borishni yoqtirmayman. Agar klubga borishni istasak, Avstriyaga boramiz. Hech bo‘lmaganda u yerda bizga 100 yildan beri tanish bo‘lganlarni emas, balki yangi insonlarni uchratamiz. Shuningdek, narxlar ham ancha arzon”.
  • Lixtenshteyn 11 ta munitsipalitetdan iborat. Knyazlik konstitutsiyasiga ko‘ra, agar aholi ovoz bersa, ularning har biri mamlakatdan ajralib chiqish huquqiga ega. Bu shuni anglatadiki, dunyodagi eng kichik mamlakatlardan birini ham 11 ta kichik davlatga bo‘lish mumkin.
  • Maydoni kichik bo‘lishiga qaramay, Lixtenshteyn juda ko‘p lahjalarga ega va 28 ming aholi doim ham bir-birini tushuna olmaydi. Hattoki oddiy oyoq kiyim so‘zining ham 4 xil sinonimi mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi