Daryo

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ushbu lavozimni Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan Shoxrux Shoahmedov egalladi

1 daqiqa o‘qish40 630 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shoxrux Shoahmedov Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Lavozimga tayinlangunga qadar u Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Undan avval Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Shoxrux Shoahmedov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistratura) hamda 2004-yilda Sankt-Peterburg Fuqaro akademiyasini tamomlagan.

U ushbu lavozimda Nig‘mat Muhamedov o‘rnini egalladi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar