Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

13-mart kungi savdolar chog‘ida bitkoin narxi kriptovalyuta tarixida birinchi marta 60 ming dollardan oshdi, deb yozadi Meduza.

So‘nggi bir kecha-kunduzda bitkoin 6 foizga qimmatlashdi. Kriptovalyuta qiymati bo‘yicha bundan avvalgi rekord 21-fevralda qayd etilgan, o‘shanda bitta bitkoin narxi 58 ming dollarga teng bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bitkoin 2017-yilda kriptovalyutalarga qiziqishning oshishi fonida bir yilda 20 baravar qimmatladi, shundan keyin uning kursi tezlik bilan pasayishni boshlagan. 2018-yilning iyun oyida bitkoin narxi 6 ming dollardan qimmatroq bo‘lgan, 2019-yilning boshida esa uning narxi 3,5 ming dollargacha pasaygan. Shundan so‘ng bitkoin narxi yana oshishni boshlagan.

Bundan roppa-rosa bir yil avval — 2020-yil 13-mart kuni bitkoin narxi eng past ko‘rsatkichga tushib, 4 ming dollarga tenglashgan edi. Shundan keyin uning qiymati turg‘unlik bilan o‘sdi — mart oxiriga kelib u 6,8 ming, 2020-yil o‘rtalariga kelib — 9,2 ming, 2021-yil 1-yanvariga kelib esa 29 ming dollarga yetdi.

Dekabr o‘rtalarida bitkoin narxi 5 ming dollarga oshgan edi. 16-dekabr kuni kriptovalyuta qiymati birinchi bor bir sutkada 12 foizga qimmatlashib, 20 ming dollarlik chegaradan o‘tib ketgan. 21-dekabr kuni bitkoin kursi 24 ming dollardan oshgan, keyingi bir necha kun davomida esa 24,6 ming dollarlik oraliqda saqlangan. 26-dekabr kuni esa bitkoin narxi birinchi bor 25 ming dollardan oshib ketgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi