Daryo

Bitkoin narxi 400 ming dollargacha ko‘tarilishi taxmin qilindi

Noyabr oyida bitkoin narxi 2017-yil oxirida o‘rnatilgan rekordni yangilab, 19 800 dollardan oshib ketdi

1 daqiqa o‘qish37 052 ko‘rishlar0 izoh0

CoinMarketCap onlayn birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, bitkoin narxi birinchi marta 22 ming AQSh dollaridan oshdi. Ushbu kriptovalyuta kuniga 14,37 foizga o‘sib, hozirda 22 149 dollarga yetdi, deya xabar qilmoqda Spot.

Foto: Getty Images

Noyabr oyida bitkoin narxi 2017-yil oxirida o‘rnatilgan rekordni yangilab, 19 800 dollardan oshib ketdi. Bu hafta bitkoin narxi, taxminan, 20 foizga o‘sdi va yil davomida uch baravarga oshdi.

Guggenheim’ning investitsiyalar bo‘yicha direktori Skott Minerdning ma’lum qilinishicha, bitkoinlarning cheklangan ta’minoti AQSh Federal zaxirasining “cheklanmagan pulni bosib chiqarish” tizimi bilan birlashsa, kriptovalyuta narxi oxir-oqibat 400 ming AQSh dollarga ko‘tarilishi mumkin.

“Agar bitkoin narxi ko‘tarilishi tezlashib boraversa, navbatdagi ko‘tarilish nuqtasi 36 ming dollar bo‘ladi”, – dedi Hxro kriptovalyuta savdo platformasi bosh direktori Den Gansberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitkoin narxining 20 ming dollardan oshishi shov-shuvga sabab bo‘lishi hamda kriptovalyuta yilni yuqori darajada yakunlashiga imkon berishi mumkin.

Avvalroq AQShdagi saylovlar vaqtida bitkoin narxi so‘nggi uch yillikdagi maksimumga chiqqani va Toshkentda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslarga jinoiy ish ochilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar