Daryo

Bitkoin narxi birinchi bor 25 ming dollardan oshib ketdi

Kriptovalyuta narxi 25 013 dollarga chiqib, 6 foizdan ortiqroqqa ko‘tarilgan

1 daqiqa o‘qish29 890 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Bitkoin kursi 25 ming dollarlik chegaradan o‘tib, o‘zining tarixiy maksimumini yangiladi. Bu haqda CoinDesk ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Reuters

Kriptovalyuta narxi 25 013 dollarga chiqib, 6 foizdan ortiqroqqa ko‘tarilgan, biroq ko‘p o‘tmay 25 minglik marradan tushib ketgan. Toshkent vaqti bilan soat 09:30 holatiga ko‘ra, bitkoin narxi 24 821 dollarni tashkil etmoqda (+5,5 foiz).

Dekabr o‘rtalarida bitkoin narxi 5 ming dollarga oshgan edi. 16-dekabr kuni kriptovalyuta qiymani birinchi bor bir sutkada 12 foizga qimmatlashib, 20 minglik chegaradan o‘tib ketgan. 21-dekabr kuni bitkun kursi 24 ming dollardan oshgan, keyingi bir necha kun davomida esa 24,6 ming dollarli oraliqda saqlangan.

AMarkets tahliliy departamenti rahbari Artyom Deyevning taxminlariga ko‘ra, kurs 2017—2018-yillardagi kabi ko‘tarilib, keyin yana tushib ketishi mumkin. O‘shanda bitkoin narxi 20 ming dollarlik rekordni qayd etib, oxir-oqibat 3,2 ming dollarga tushib ketgandi.

Avvalroq bitkoin narxi 400 ming dollargacha ko‘tarilishi taxmin qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar