Daryo

Bitkoin kursi birinchi bor 32 ming dollardan oshib ketdi

2-yanvar kungi savdo sessiyasi davomida bitkoin qiymati 32 700 dollarni tashkil etmoqda

1 daqiqa o‘qish63 682 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CNews

Bitkoin kursi 32 ming dollarlik chegaradan o‘tib, o‘zining tarixiy maksimumini yangiladi. Bu haqda CoinDesk ma’lumotlariga tayanib, Meduza xabar berdi.

Foto: CNews

2-yanvar kungi savdo sessiyasi davomida bitkoin qiymati 32 700 dollarni tashkil etmoqda.

Dekabr o‘rtalarida bitkoin narxi 5 ming dollarga oshgan edi. 16-dekabr kuni kriptovalyuta qiymani birinchi bor bir sutkada 12 foizga qimmatlashib, 20 minglik chegaradan o‘tib ketgan. 21-dekabr kuni bitkoin kursi 24 ming dollardan oshgan, keyingi bir necha kun davomida esa 24,6 ming dollarlik oraliqda saqlangan. 26-dekabr kuni esa bitkoin narxi birinchi bor 25 ming dollardan oshib ketgandi.

Eslatib o‘tamiz, bitkoin 2017-yilda kriptovalyutalarga qiziqishning oshishi fonida bir yilda 20 baravar qimmatladi, shundan keyin uning kursi tezlik bilan pasayishni boshlagan. 2018-yilning iyun oyida bitkoin narxi 6 ming dollardan qimmatroq bo‘lgan, 2019-yilning boshida esa uning narxi 3,5 ming dollargacha pasaygan. Shundan so‘ng bitkoin narxi yana oshishni boshlagan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar