Daryo

Farg‘onada Lacetti bilan to‘qnashgan Matiz yonib ketdi. Ikki nafar yo‘lovchi ayol vafot etgan

Avtomobil haydovchilari tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish47 462 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 23-fevral kuni fuqaro Q.Sh. Lacetti-2 ni Vodil—Farg‘ona avtomobil yo‘lining 7 kilometrida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashib ketgan.

Matiz avtomobilidan uchqun chiqib, yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida yo‘lovchi ayollardan biri hodisa joyida vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Shuningdek, Matiz’ning yana bir yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan. Ikkala avtomobil haydovchilari jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Lacetti-2 haydovchisi Q.Sh. protsessual tartibda ushlangan.

Avvalroq Farg‘onada MAN va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar