Daryo

Jizzaxda Cobalt va “Volga” ishtirokidagi YTHda ikki kishi yonib ketdi

Hodisa oqibatida kasalxonaga yotqizilgan yana ikki kishidan biri ham vafot etgan

1 daqiqa o‘qish70 476 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyatining Forish tumanida Cobalt va Volga to‘qnashishi oqibatida uch kishi vafot etdi, yana biri jarohatlandi. Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea tumanning “Uchma” MFY hududidan o‘tgan Jizzax —Forish —Qizilcha 4R-36 yo‘lining 85-kilometrida yuz bergan.

Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi J.S. Cobalt’ni haydab ketayotib Forish tumani Qo‘lba qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” (“Volga”) bilan to‘qnashgan. Oqibatda Cobalt’da yong‘in kelib chiqqan va uning haydovchisi J.S. va yo‘lovchi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan.

“Volga” haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumgan. Uning yo‘lovchisi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Farg‘onada Lacetti bilan to‘qnashgan Matiz yonib ketishi oqibatida ikki yo‘lovchi ayol vafot etgani, Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqqani, Surxondaryodan Toshkentga yo‘lga chiqqan Nexia’ning yonib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda yuz bergan YTHda Cobalt “uchib”, boshqa Cobalt’ning ustiga tushdi. Hodisadan so‘ng to‘rt kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar