Daryo

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasining dastlabki partiyasi 20-martga qadar keltirilishi kutilmoqda

Shuningdek, “Sputnik V”, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinalari ham 1 million doza miqdorida sotib olinishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish56 170 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinalarining birinchi partiyasini 15—20-mart kunlari oladi. Bu haqda 10-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.

Foto: AstraZeneca
“15—20-mart kunlari COVAX orqali AstraZeneca kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinaning 660 ming dozadan iborat birinchi partiyasi xarid qilinib, O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. Bugungi kunda COVAX tomonidan O‘zbekistonga 660 mingta shpris va (ularni utilizatsiya qilish uchun) xavfsiz qutilar yetkazildi va joylarga tarqatilmoqda”, — degan u.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida yuborilgan 4,5 tonna qadoqlangan shprislar qabul qilindi

Shuningdek, Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasidan 1 million doza sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini, tegishli shartnoma ishlab chiqilib Rossiya tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ta’kidlagan. “Bu vaksina ham O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda”, — degan Bahodir Yusupaliyev. Bundan tashqari, O‘zbekistonga Xitoy bilan birgalikda ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksina ham 1 million doza miqdorida mart oyida olib kelinishini bildirgan va mamlakat aholisi yuqoridagi uchta vaksina bilan emlanishi kutilayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi 1 mln doza ZF-UZ-VAC 2001 xitoy—o‘zbek vaksinasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i vaksina sotib olish bo‘yicha faqatgina yuqoridagi 3 ta kompaniya bilan emas, 12 ta kompaniya bilan muzokaralar olib borilayotganini bildirgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida sertifikat beriladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar