Daryo

Bahoriy taomnoma: vitaminlarga boy 5 xil mazali sho‘rva retsepti

Mazkur sho‘rva retseptlari vitaminlarga boyligi bilan birga, yengil hazm bo‘lishi bilan ham taomnomangizdan joy olishga arziydi

3 daqiqa o‘qish53 364 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Domashniy ochag”

Mazkur sho‘rva retseptlari vitaminlarga boyligi bilan birga, yengil hazm bo‘lishi bilan ham  taomnomangizdan joy olishga arziydi.

Qovoqli sho‘rva

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • tovuq file — 500 gramm;
  • qovoq— 200 gramm;
  • qaymoq — 200 ml;
  • kartoshka — 2 dona;
  • kinza;
  • tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Kartoshka va qovoqni tozalab, o‘rtacha kattalikdagi kub shaklida, kinzani esa mayda qilib to‘g‘rang.
  2. Tovuq fileni bo‘laklarga bo‘ling.
  3. Qizigan tovada fileni 5 daqiqa davomida qovuring. Tuz, ziravorlar sepib, yana 3 daqiqa pishiring.
  4. Qovurilgan fileni qozonga solib, ustidan 1 litr qaynagan suv quyib, 10 daqiqa qaynating.
  5. Qozonga kartoshka, qovoqni solib, pishiring. So‘ngra qaymoq solib, yana 5-10 daqiqa qaynating
  6. Tayyor sho‘rvani idishlarga quyib, kinza bilan bezating.
Rangli karam va pishloqli sho‘rva
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • rangli karam — 500 gramm;
  • kartoshka — 1 ta;
  • yog‘siz sut — 300 ml;
  • bulyon — 700 ml;
  • chedder pishlog‘i — 50 gramm;
  • sariyog‘ — 25 gramm;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Piyozni mayda, kartoshka va pishloqni kub shaklida to‘g‘rang.
  2. Piyozni 10 daqiqa qovurib oling. Rangli karam, kartoshkani ham solib, yaxshilab aralashtiring So‘ngra sut, bulyon, tuz, zuravorlar solib qaynating.
  3. 25 daqiqadan so‘ng, pishgan mahsulotlarni qozondan olib, blenderda ezing. Yana qaytadan qozonga solib, tuzini rostlang.
  4. Taomni dasturxonga kub shaklida to‘g‘ralgan chedder pishlog‘i, murch, quritilgan non bo‘laklari bilan torting.
Loviyali sho‘rva
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • ravioli — 1 qadoq;
  • konservalangan loviya — 200 gramm;
  • piyoz — 1 dona;
  • pomidor — 1 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • bulyon — 1 litr;
  • rayhon bargi — 7 dona;
  • tuz va ziravorlar
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tuz solingan suvda raviolini pishirib oling. Pishgan raviolini chovli bilan suzib olib, zaytun yog‘i bilan yog‘lang.
  2. Avvaldan qovurilgan piyoz, sabzi va pomidorni qaynab turgan bulyonga soling.
  3. 5 daqiqadan so‘ng, qozonga loviyani solib, tuzini rostlang va yana 5 daqiqa qaynating.
  4. Idishlarga sho‘rvani quyib, ustiga ravioli soling va rayhon bargi bilan bezang.
Lapshali sho‘rva
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • butun tovuq — 1 dona;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • sabzi — 1 dona;
  • sholg‘om — 1 dona;
  • kartoshka — 1 dona;
  • pasternak (shirin ildizli xushbo‘y o‘t) — 1 dona;
  • tayyor lapsha;
  • lavr yaprog‘i — 2 ta;
  • jambil;
  • selderey;
  • petrushka;
  • tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Qozonga tovuq va sabzavotlarni solib, sovuq suv quying. Qaynab chiqqach, sho‘rva betidagi ko‘pikni olib tashlang. Lavr yaprog‘i, selderey, jambil, sarimsoq va murch solib, past olovda 2-3 soat qaynating. Pishishiga yaqin tuz soling.
  2. Pishgan tovuq go‘shtini bulyondan olib, bo‘laklarga bo‘ling.
  3. Sabzavot va ko‘katlarni suvdan suzib oling.
  4. Qozondagi bulyonga lapsha solib, 3-4 daqiqa qaynating.
  5. Dasturxonga tortishdan avval idishlarga tovuq go‘shtidan solib, ustidan lapshali sho‘rvani quying.
Yashil no‘xat va yalpizli sho‘rva
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • no‘xat — 500 gramm;
  • bulyon — 850 ml;
  • kartoshka — 1 ta;
  • piyoz — 2 ta'
  • yalpiz — 1 bog‘
  • sariyog‘ — 2 osh qoshiq;
  • limon sharbati — 3 osh qoshiq;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Qozonda mayda to‘g‘ralgan piyozni tillarangga kirguncha qovurib oling.
  2. Qozonga to‘rtburchak to‘g‘ralgan kartoshka, yashil no‘xat, tuz, murch solib, ustidan bulyonni quying. Sabzavotlar pishguncha qaynating.
  3. Sho‘rva pishgach, yalpiz, limon sharbati qo‘shing. Blenderda pishgan sabzavotlarni maydalab oling. Dasturxonga tortishdan avval sho‘rva yuziga 1 qoshiq smetana solish mumkin.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar