Daryo

Taomnomani yangilaymiz: makarondan 5 xil antiqa taom retsepti

Makaronlarni o‘zgacha uslubda pishirsangiz, oila a’zolaringiz bunday taomlarni tayyorlab berishingizni qayta va qayta so‘rashadi

3 daqiqa o‘qish64 766 ko‘rishlar0 izoh0

Har bir uy bekasining taomnomasida makaron uchun alohida joy ajratilgan. Makarondan taom tayyorlash oson, ammo ularni har doim qaynatib yoki qovurish me’daga tegishi mumkin. Agarda makaronlarni o‘zgacha uslubda pishirib, dasturxonga tortsangiz, oila a’zolaringiz bunday taomlarni tayyorlab berishingizni qayta va qayta so‘rashadi.

Shirin zapekanka

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • qaynatilgan vermishel — 300 gramm;
  • tuxum — 2 dona;
  • shakar — 2 osh qoshiq;
  • sariyog‘ — 30 gramm;
  • meva bo‘laklari (olma, nok, banan) yoki quruq mevalar (mayiz, olxo‘ri)
Tayyorlanish jarayoni:
  • vermishelni mevalar bilan arashtiring;
  • tuxum va shakarni ko‘pirtiring va vermishelli massaga qo‘shing;
  • qolipni yog‘lab, massani quying;
  • pechda 20 daqiqa davomida pishiring.
Go‘shti zapekanka
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • go‘shtli qiyma — 500 gramm;
  • sabzi — 1 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • makaron — 400 gramm;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • tuxum — 1 dona;
  • qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq — 100 gramm;
  • zaytun yog‘i — 100 gramm;
  • petrushka — 1 bog‘;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  • sabzini qirg‘ichdan chiqaring. Piyoz, petrushka va sarimsoqni mayda to‘g‘rang. Tovada 2 osh qoshiq yog‘ni qizdirib, sabzi va piyozni qovuring. Keyin unga sarimsoq, petrushkani qo‘shib, yaxshilab aralashtiring;
  • yarimtayyor massaga qiymani qo‘shing. Tuxum, tuz, ziravorlar solib, yaxshilab aralashtiring;
  • qaynab turgan tuzli suvda makaronni pishirib oling. Suvini to‘kib, chovlida suzib oling;
  • to‘rtburchak shakldagi qolipni yog‘lab, makaronning bir qismini, ustidan qiymaning bir qismini soling. Ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping. Yana makaronning yarmini, keyin qiymani soling, pishloq seping. Eng oxirgi qavatiga qolgan makaronni va pishloqni seping. Ustini folga bilan yopib, 190 darajali pechga 20 daqiqaga qo‘ying;
  • Keyinroq folgani olib, usti qizarishi uchun yana 10 daqiqaga qoldiring.
Makkajo‘xorili salat
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • qaynatilgan mol go‘shti — 200 gramm;
  • pomidor — 2 dona;
  • bulg‘or qalampiri — 2 dona;
  • makaron — 350 gramm;
  • konservalangan makkajo‘xori — 1 banka;
  • pishloq;
  • zaytun yog‘i;
  • uzum sirkasi;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  • xohlagan shakldagi makaronni qaynatib oling;
  • pomidor va bulg‘or qalampirini bo‘laklarga bo‘ling. Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib, qaynatilgan mol go‘shtini somoncha shaklida to‘g‘rang;
  • to‘g‘ralgan masalliqlarga makkajo‘xori qo‘shib, zaytun yog‘i, uzum sirkasi soling. Tuz sepib, yaxshilab aralashtiring.
Funchoza salati
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • funchoza — 150 gramm;
  • marinadlangan bulg‘or qalampiri — 100 gramm;
  • sabzi —1 dona;
  • bodring — 1 dona;
  • sarimsoq — 2-3 bo‘lak;
  • piyoz — 1 dona;
  • sirka — 2 choy qoshiq;
  • soya.
Tayyorlanish jarayoni:
  • funchozani idishga solib, ustidan qaynab turgan suv quying. 5-7 daqiqaga turgach, suvni to‘kib, sovuq suvga solib oling;
  • sabzavotlarni somoncha shaklida, piyoz bilan sarimsoqni mayda qilib to‘g‘rang;
  • piyoz, sabzi va sarimsoqni qovuring. Unga funchozani qo‘shib, sirka, soya soling;
  •  Yaxshilab aralashtirib, dasturxonga torting.
Raviolili lazanya
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • pishloqli tayyor ravioli — 500 gramm;
  • rayhonli tomat pastasi — 500 ml;
  • mol go‘shti — 50 gramm;
  • beshamel sousi — 500 ml;
  • chedr yoki parmezan pishlog‘i — 50 gramm;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  • pechni 200 daraja issiqlikda qizdiring. Mol go‘shtini mayda qilib to‘g‘rang;
  • tomatli sousga ravioli va mol go‘shtini solib aralashtiring. Boshqa idishda qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni beshamel sousiga solib, yaxshilab aralashtiring. Ustiga sepish uchun pishloqning ozrog‘ini olib qo‘ying;
  • pech patnisiga raviolali tomat sousini solib, ustiga beshamel sousini quying. Xuddi shu harakatni ikki marta takrorlab, eng oxirida qolgan pishloqni seping;
  • qizigan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar