Daryo

Bunaqasini tatib ko‘rmagansiz: Kartoshkadan 5 ta noodatiy taom retsepti

Sizga oddiy va mazali bo‘lgan kartoshkali taomlarning 5 ta retseptini taqdim etamiz. Retseptlar bilan tanishing va o‘zingizga yoqqanini tayyorlab ko‘ring

3 daqiqa o‘qish47 348 ko‘rishlar0 izoh1
Foot: “Domashniy ochag”

Sizga oddiy va mazali bo‘lgan kartoshkali taomlarning 5 ta retseptini taqdim etamiz. Retseptlar bilan tanishing va o‘zingizga yoqqanini tayyorlab ko‘ring.

Lavr yaprog‘i bilan dimlangan kartoshka retsepti

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka — 2-3 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • sariyog‘ — 30 gramm;
  • lavr yaprog‘i — 3 dona;
  • zaytun yog‘i;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  • kartoshkalarni archib, bo‘laklarga bo‘ling;
  • tovada zaytun yog‘ini qizdirib, kartoshka va lavr yaprog‘ini soling; 10 daqiqa davomida qovuring;
  • so‘ngra sariyog‘ solib, mayda to‘g‘ralgan piyoz va saromsoqni ham qo‘shing;
  • tuz, ziravorlar solib, yana 5 daqiqaga dimlang.
Kartoshkali bulanjer retsepti
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • po‘sti archilmay pishirilgan kartoshka — 700 gramm;
  • sabzavotli bulyon — 500 ml;
  • maydalangan murch — yarim osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  • pechni 200 darajagacha qiziting. Pech patnisini yaxshilab yog‘lang;
  • kartoshkalarni yupqa qilib kesib oling;
  • patnisga qavat-qavat qilib tering, tuz, murch seping;
  • kartoshkalarga bulyonni quyib, ustini qandolat qog‘ozi bilan yoping;
  • 1 soat davomida pishirib, so‘ngra ustidagi qog‘ozni olib tashlang va yana 15 daqiqaga kartoshkalar usti qizarguncha pechda qoldiring.
Pechda pishirilgan sariyog‘li kartoshka retsepti
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka — 450 gramm;
  • sariyog‘  — 2 osh qoshiq;
  • suv — 350 gramm;
  • tuz, qalampir.
Tayyorlanish jarayoni:
  • kartoshkalarni archib, ikki qavatli folga ustiga soling, tuz, qalampir seping;
  • kartoshkalarni o‘rtaga yig‘gan holda, folgani o‘rang. Keyin folga chetidan suv quying;
  • qizigan pechga 20-25 daqiqaga qo‘ying. Pishgan kartoshkalar ustiga sariyog‘ soling;
  • dasturxonga tortishdan avval ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepish mumkin.
Sitsiliyacha kartoshka retsepti
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • mayda kartoshka — 1,2 kg;
  • zaytun yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • quritilgan rayhon  — 1 osh qoshiq;
  • maydalangan qalampir — 1 chimdim;
  • pomidor qoqi — 25 gramm;
  • petrushka — 1 bog‘lam;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  • pechni 200 darajaga qizdiring. Kartoshkalarni ikkiga bo‘lib oling;
  •  kartoshkalarni qizigan keramik qolipga bir qavat qilib tering; Ustiga zaytun yog‘i, rayhon, tuz, qalampir solib, folga bilan yoping;
  • pechda 30 daqiqa pishiring, so‘ngra ustidan folgani oling; Issiqlikni 180 darajaga tushirgan holda yana 30 daqiqa pishiring;
  • pishgan kartoshkalar ustiga maydalangan pomidor qoqi va petrushka seping.
Ko‘k piyozli kartoshka retsepti
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka — 5 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 35-45 gramm;
  • ko‘k piyoz — 1 bog‘lam;
  • maydalanmagan murch — 10-12 donacha
  • sariyog‘;
  • tuz, ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  • kartoshka va piyozni arching. Kartoshkalarni kub shaklida to‘g‘rab oling;
  • baland olovdagi tovaga o‘simlik yog‘i quying. Yog‘ qizigach, kartoshkalarni soling. Qizarguncha aralashtirmang;
  • piyozni ham kub shaklida to‘g‘rang. Kartoshkalar yarim tayyor bo‘lganda piyozni solib, tuz seping;
  • alohida idishga 10-12 donacha murchni solib, pichoq uchi bilan o‘rtacha kattalikda maydalang;
  • so‘ngra murchni kartoshkaga qo‘shib, tuz ham soling;
  • tayyor kartoshkaga sariyog‘ solib, mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar