Daryo

O‘zbekistonda yangi Ai-80 lyuks markali benzin sotuvga chiqarildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftgaz” AJga qarash AYoQShlardan birida Ai-80 lyuks markasidagi benzinning 4500 so‘mdan sotilayotgani haqidagi suratlar tarqalgan

1 daqiqa o‘qish105 440 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram

“O‘zbekneftgaz” AJning UNG Petro korxonasi UNG milliy brendi ostida aholiga sifatli neft maxsulotlarini yetkazib berishda yana bir qadam tashlab, benzin mahsulotining yangi markasini yaratish bo‘yicha amaliy ishlarni yakunlab, Ai-80 lyuks markali benzin ishlab chiqarishni boshladi.

Foto: Telegram

UNG Petro MChJ direktori M.Musayevning ta’kidlashicha, Ai-80 lyuks benzini avtomobil dvigatelining faoliyatiga, shuningdek, uning chiqindi gazini qayta ishlash tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hamda bir marta to‘la bak yoqilg‘i quyish natijasida 50 km gacha ko‘proq masofani bosib o‘tishni ta’minlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlardan birida Ai-80 lyuks markasidagi benzinning 4500 so‘mdan sotilayotgani haqidagi suratlar tarqalgan.

Avvalroq Farg‘onada 2023-yildan boshlab Ai-92 benzin va “Yevro-5” standartidagi dizel ishlab chiqarilishi, O‘zbekistondagi har bir viloyatda iyul oyidan boshlab “Yevro-5” yoqilg‘isiga ega shoxobchalar paydo bo‘lishi rejalashtirilgani haqida xabarlar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar