Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonovning “Daryo”ga xabar berishicha, Navoiy shahrida ijara uyini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo‘lga olingan.

Foto: Navoiy viloyat IIB

Foto: Navoiy viloyat IIB

Ta’kidlanishicha, yakka tartibda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 30 yoshli I.F. Karmana tumanidagi qarindoshiga tegishli bo‘lgan Navoiy shahridagi xonadonlarning birida ijarada yashab, uyida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil qilib kelgan.

Arizaga ko‘ra Navoiy viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.F. Navbahor tumanida yashovchi L.R., xatirchilik A.R. hamda Buxoro viloyatining Shofirkon tumani fuqarosi Sh.R.lar ishtirokida o‘zaro til biriktirib, navbatdagi qimor o‘yinini o‘tkazayotgan vaqtda qo‘lga olingan.O‘yinga tikilgan 3 million 698 ming so‘m pul hamda ikki dona o‘yin kartalari daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Foto: Navoiy viloyat IIB

Foto: Navoiy viloyat IIB

Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilib, qimorxona tashkil qilgan fuqaro I.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) qo‘llanilgan. Qimor o‘yini ishtirokchilariga esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar) bilan ayblanib, ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Karmana tumani IIB TBga yuborilgan.

Voqea yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda