Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oq dengizda muz ostidagi san’at asarlari galereyasi ochildi. U Nilmoguba ko‘rfazidagi Qutb doirasi ortida joylashgan bo‘lib, unda Nikon brendi elchisi va National Geographic suratkashi Viktor Lyagushkinning “Muz erigunga qadar” loyihasidagi suratlar taqdim etilgan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Jamoa suratlarni suv ostiga joylashtirish uchun yarim yil davomida sho‘r suvga bardoshli turli materiallarni sinovdan o‘tkazgan va oxir-oqibati UF-bosmali plastikni tanlagan. Polotna muzga qotirilgan bo‘lib, ostiga qo‘rg‘oshin ilingan.

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Suv ostidagi galereyada 80x120 santimetr o‘lchamdagi 10 ta katta suratdan tashqari, piterlik rassom Denis Lotaryevning haykaltaroshlik asarlari, installyatsiya va moybo‘yoqdagi ishlari ham o‘rin olgan bo‘lib, ular “Ko‘k ayoz” nomi ostidagi yagona ekspozitsiyaga birlashtirilgan.

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Loyiha maqsadi — muzliklar eriyotganiga va suv ostidagi ko‘plab turlarning yo‘qolib ketayotganida odamlar e’tiborini jalb etish. Ko‘rgazmaga Rossiya, Xitoy, Germaniya va Fransiyadan kelgan dayverlar tashrif buyurgan.

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

Foto: Nikon matbuot xizmati

“Dunyo ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda. Arktika muzlari eriyapti, iqlim o‘zgarmoqda, turlar yo‘qolib ketyapti. Maqsadim — odamlarga muz ostidagi ajoyib dunyoni ko‘rsatish orqali insoniyat ushbu muammoga e’tibor qaratmasa, yaqin kelajakda nimani yo‘qotishini tushuntirish”, — deydi Viktor Lyagushkin.

Avvalroq britaniyalik tadqiqotchilar guruhi 1994-yildan 2017-yilga qadar sayyoradagi muzlarning erish tezligi 65 foizga oshganini aniqlagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda