Indoneziyaning Sumatra orolida 2-mart kuni Sinabung vulqoni harakatga keldi. Vulqon otilishining foto va videolavhalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Vulqon balandligi taxminan ikki chaqirimgacha yetadigan ulkan kul uyumini uloqtirdi. Orol ma‘muriyati hududda xavfning ikkinchi darajasini e’lon qildi.









