Daryo

Sitsiliyadagi Etna vulqonining otilishi — suratlarda (foto)

Etna — Yevropadagi eng yirik uyg‘oq vulqon bo‘lib, so‘nggi yillarda u bir necha oyda bir marta otilmoqda

1 daqiqa o‘qish69 256 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Sitsiliyada 16-fevral kuni Yevropadagi eng baland va eng faol uyg‘oq vulqon — Etna otila boshladi. U bir kilometrdan ortiq balandlikka kul sochdi. Hukumat mahalliy aholi uchun xavf yo‘qligini ta’kidladi. 16-fevral kuni shu yaqin atrofda joylashgan Kataniya aeroporti yopildi, ammo ertasi kuni ertalab o‘z ishini davom ettirdi.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Etna — Yevropadagi eng yirik uyg‘oq vulqon bo‘lib, so‘nggi yillarda u bir necha oyda bir marta otilmoqda. Odatda vulqon otilishlari hech qanday vayronagarchiliklarga olib kelmaydi. Etna vulqoni qiyaliklarida ko‘plab kraterlar joylashgan, ular orasida uyg‘oq va faollari ham bor. Vulqon uyg‘onishiga 2,9-3 km chuqurlikdagi yer silkinishlari sabab bo‘lgan. Natijada mahalliy vaqt bilan 16-fevral 16:10 (Toshkent vaqti bilan 20:10)da vulqon faolligi osha boshlagan. Vulqonning balandligi 3328 metrga teng.

Etna vulqonining kuchli otilishi so‘nggi marta 2019-yil iyulida yuz bergan va o‘n kundan ortiq davom etgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar