Daryo

Video: Indoneziyadagi Levotolo vulqonining uyg‘onishi

Vulqonning kuli kraterdan taxminan 5 ming metr balandlikka ko‘tarilgan

1 daqiqa o‘qish42 804 ko‘rishlar0 izoh0

Indoneziyada Lomblen orolida joylashgan Levotolo vulqoni uyg‘ondi. Vulqon 2012-yildan beri nofaol holatda edi.

Vulqonning kuli kraterdan taxminan 5 ming metr balandlikka ko‘tarilgan.

Vulqonshunoslik va geologik risklarni kamaytirish markazining xabariga ko‘ra, vulqondan 2 kilometr radiusda har qanday faoliyat taqiqlab qo‘yilgan.

Foto: MAGMA

Vulqonning ayni vaqtdagi faolligi hali ham yuqori, u kul chiqarishda davom etishi mumkin. Markaz olimlari vulqondan 4 kilometr radiusda yashovchi aholiga hududni tark etish, shuningdek, tibbiy niqoblar, teri va ko‘zni himoyalovchi vositalarni g‘amlab olishni tavsiya qilgan.

Vulqon faollashishi oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida axborot kelib tushmagan. Biroq mamlakat hukumati ushbu hududda samolyotlar parvozini taqiqlagan va mahalliy aeroportni yopib qo‘ygan.

Shu bilan birga, hukumat aholini lava oqimlarining paydo bo‘lishi haqida ogohlantirgan va holat bo‘yicha xavfga tezkor munosabat bildirishning deyarli yakuniy darajasi e’lon qilinganini bildirgan.

Indoneziya Tinch okeani vulqon olovli halqasi — eng xavfli seysmik hududda joylashgan, mamlakat orollarida taxminan 130 ta faol holatdagi vulqon mavjud.

Mavzuga doir: Pompei shahrini ko‘mgan portlash. Vezuviy vulqonining otilishi tarixi

2019-yil 25-mayda Bali orolidagi Agung vulqoni otilgan, oqibatda unga yaqin 9 ta qishloq kul ostida qolgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar