Daryo

Qoraqalpog‘istonda devor bosib qolishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish46 176 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida 3 kishi devor bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.

Xo‘jayli tumani Ichki ishlar bo‘limiga 28-fevral kuni soat 13:00 da kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 12:30 da tumanning “Madaniyat” MFYda fuqaro A.A.ning eski uyini B.Q., S.L. va J.T. buzayotgan paytda devor qulab tushib, ularning uchovi ham devor ostida qolib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB TB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Avvalroq Toshkentdagi Riviera savdo majmuasining qurilishida yuz bergan avariya oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani, Tashkent City’dagi obyektlardan birining qurilishida qatnashayotgan ishchi sakkizinchi qavatdan qulab qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Qibrayda beton zavodining 95 metrlik devori qulashi oqibatida uch kishi, Qarshi shahrida qurilishi bitmagan binodagi temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida bir kishi, Dehqonoboddagi qurilayotgan do‘konning beton plitalari qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar