Daryo

Dehqonoboddagi qurilishda beton plita qulab tushishi oqibatida 39 yoshli fuqaro vafot etdi

Holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish68 958 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dehqonobod tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida tadbirkorga tegishli savdo do‘koniga qo‘shimcha bino qurilishida beton plita qulab tushishi oqibatida 39 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Dehqonobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 29-oktabr kuni tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga baxtsiz hodisa haqida xabar berilgan.

Foto: Dehqonobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 28-oktabr kuni soat 20:30 da tumanning “Dehqonobod” MFY Zamaxshariy ko‘chasida joylashgan xususiy firmaga tegishli bo‘lgan savdo do‘koniga qo‘shimcha bino qurilayotgan paytda qurilish plitasi qulab tushgan. Oqibatda ushbu qurilishda ishlayotgan ikki nafar fuqaro — tumaning “Gumbuloq” mahallasida yashovchi mavsumiy ishchi 1981-yilda tug‘ilgan H.G‘. va Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi mavsumiy ishchi 1991-yilda tug‘ilgan B.B. tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Foto: Dehqonobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan H.G‘. shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahrida yangi qurilayotgan binoda yuk ko‘taruvchi konstruksiya qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar