Daryo

Toshkentda vaksina tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobillar foydalanishga topshirilgan kuniyoq YTHga uchradi

Hodisa natijasida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan

1 daqiqa o‘qish111 978 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Toshkentning Mirobod tumanidagi Nukus va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada vaksinalarni tashish uchun mo‘ljallangan bir nechta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, avariya 23-fevral kuni soat 11:30 larda avtomobil haydovchilaridan birining keskin tormoz bosishi oqibatida yuzaga kelgan. Mashina keskin to‘xtashni amalga oshirgani sabab mashina ortida harakatlanayotgan yana 6 ta miniven Changan ham keskin tormozlanishini amalga oshirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining yozishicha, 23-fevral kuni YuNISEF tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati uchun 17 ta muzlatkichli yuk mashinasi va 206 ta miniven Changan avtomobillari topshirilgan. Mashinalarning umumiy qiymati 2 million dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyansi (GAVI) tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini mukammallashtirish doirasida ajratilgan.

“Hodisa natijasida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda”, — deyiladi idora xabarida. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar