Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bizning Uylar Development kompaniyasi Yangi Choshtepa turar joy majmuasidagi shinam xonadonlarning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.

Yangi Choshtepa — bu poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan zamonaviy turar joy majmuasi. Majmuada kanal bo‘ylab yetti qavatli 20 ta turar joy binosi qurilgan. Ayni paytda turar joy majmuasidagi xonadonlarning 95 foizdan ortig‘i sotilgan va ularda aholi istiqomat qilmoqda. Aholi majmuadagi rivojlangan infratuzilmaning barcha afzalliklari: obodonlashtirilgan hovli, piyodalar yo‘lagi, bolalar va sport maydonchalari, favvora, o‘rindiqlar hamda boshqa qulayliklardan foydalanmoqda.

Qurilishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish binolarning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishining kafolatidir. Bino tashqi devorlarining tarkibi va qalinligi energiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydi, shuningdek, issiqlik va shovqin izolyatsiyasi xususiyatiga ega.

Tashqi devor 30 santimetr qalinlikdagi temir-beton konstruksiyaga ega bo‘lib, u beton qatlam, yelim va bazalt tolasi, sement asosidagi fasad suvog‘i, akril grunt qatlam, rang berilgan dekorativ suvoq bilan qoplanadi. Tashqi devorlar ham shunday qalinlik va qoplamga ega bo‘ladi. Faqat asos 12 santimetr pishgan g‘ishtdan teriladi.

Yangi Choshtepa turar joy majmuasidan xonadon tanlayotganda siz kelajakdagi uyingiz sifati va qulayligi haqida qayg‘urmaysiz. Xaridorlarga turli variantdagi, umumiy maydoni 55 dan 75 kvadrat metrgacha bo‘lgan, sifatli ta’mirlangan, tayyor xonadonlar taklif etiladi. Xonadonlar shovqin o‘tkazmaydigan deraza, ichki va tashqi eshiklar, ikki konturli isitish qozoni bilan jihozlangan. Shuningdek, ularga telefon va internet tarmog‘i ham o‘rnatilgan.

Qulay joylashuv, sifati va funksionalligi, loyihalashdagi zamonaviy yondashuv, shuningdek, foydali takliflar va kreditning qulay shartlari, qisqa vaqt ichida turar joy majmuasiga bo‘lgan talabni oshirdi. Bu esa qurilish ishlarining qisqa muddat ichida yakunlanishiga sabab bo‘ldi. Hozirda majmuada so‘nggi xonadonlar qolgan. Foydali shartlar bilan sifatli va tejamkor uy egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang!

Manzil: Sergeli tumani, “Yangi Choshtepa” MFY, Uzar ko‘chasi

Sotuv ofisi soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: (+998 71) 210 44 44

Sayt: www.bizninguylar.uz

Instagram: bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 29-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
“Selektor yig‘ilishida ayvonda o‘tirmayapsizmi?” — Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning tanqidiy ruhda o‘tgan audiosi tarqaldi
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi