Daryo

Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 23 kishi vafot etdi

Marhumlarning barchasi immuniteti zaif 80 yoshdan oshgan odamlar

1 daqiqa o‘qish30 140 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Norvegiyada Pfizer/BioNTech koronavirusga qarshi vaksinasini qabul qilgan 23 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Marhumlarning barchasi immuniteti zaif 80 yoshdan oshgan odamlar, deya ta’kidlaydi Norvegiya Dori vositalari agentligi.

“Vaksinalar bilan bog‘liq 23 ta o‘lim holati qayd etilgan. Hozirgacha ularning 13 tasi o‘rganilgan. Keng tarqalgan nojo‘ya ta’sirlar keksa odamlarda jiddiy holatlarga olib kelishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

Dori vositalari agentligi vakili Shteynar Madsenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘lim holatlari “judayam qo‘rqinchli emas”.

“Ushbu vaksinaning juda kichik xavf omillari borligi aniq, ammo sog‘lig‘i yomon keksa bemorlar haqida gap ketganda, bir nechta istisnolar mavjud”, – dedi Madsen.

Norvegiyada vaksinatsiya 27-dekabrda boshlangan. Oslodagi qariyalar uylarida yashovchilar birinchi bo‘lib emlandi. Shu vaqtgacha mamlakatda 25 ming kishi koronavirusga qarshi emlangan.

Avvalroq Pfizer vaksinasi bilan emlangan norvegiyalik ikki kishi, portugaliyalik shifokor, isroillik erkak vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar