Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroilda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan 13 kishida vaqtinchalik yuz falaji yuzaga kelgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Bemorlardan birining The Jerusalem Post’ga ma’lum qilishicha, u emlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, iyagi va og‘zida g‘alati hissiyotni sezgan.

“Kamida 28 soat shu holatda yurdim. Bu butunlay yo‘qolib ketdi deya olmayman, ammo bundan tashqari, menda hech qanday og‘riq yo‘q”, — deydi erkak.

Vazirlik vaksinatsiyadan keyin bu kabi belgilar kuzatilgan bemorlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan. Shuningdek, idoraning ma’lum qilishicha, birinchi dozadan keyin bu kabi belgilar kuzatilgan insonlar sog‘ayguniga qadar emlashning ikkinchi bosqichini kechiktirib turishlari lozim.

Isroilda Pfizer vaksinasi bilan ommaviy emlash jarayonlari 20-dekabrda, vaksinatsiyaning ikkinchi dozasini qilish esa 10-yanvardan boshlangan edi.

Avvalroq Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 23 kishi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Isroilda Pfizer vaksinasi bilan emlangan erkak yurak xurujidan, portugaliyalik shifokor vaksinatsiyadan so‘ng vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston SSV ro‘zadorlarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi zilzila qayd etildi
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda