• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura bloger Sattoriyning xatti-harakatlari yuzasidan 7 ta holat bo‘yicha murojaatlar kelib tushganini ma’lum qildi

    Bosh prokuratura bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgani bildirildi.

    Foto: Otabek Sattoriy / Facebook

    Foto: Otabek Sattoriy / Facebook

    Termiz shahar sudi ajrimi bilan 1-fevral kuni Otabek Sattoriyga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    “Bugungi kunda tergov organiga 7 ta holat bo‘yicha O.Sattoriyning xatti-harakatlari ustidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, hozirda ushbu holatlarga tergov yo‘li bilan oydinlik kiritilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

    Qayd etilishicha, sud Sattoriyni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-(tuhmat), 41-(haqorat qilish), 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) bilan aybli deb topgan va unga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan.

    Bunga uning 2021-yil yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda “Denov ko‘mir ombori” hamda Termiz shahridagi hayvonot bog‘i xodimlari mulklarni o‘zlashtirish va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etganliklari haqida haqorat va tuhmatlardan iborat yolg‘on axborot tarqatganligi sabab bo‘lgan.

    Eslatib o‘tamiz, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy tovlamachilikda ayblanib, 29-yanvar kuni hibsga olingan edi. Deputat Rasul Kusherbayev blogerning qo‘lga olinishiga o‘z munosabatini bildirib, bu holatni “amaldorlarni tanqid qilayotgan bitta blogerga emas, butun boshli so‘z erkinligiga, Prezidentning ochiqlik siyosatiga qarshi surxondaryolik amaldorlarning isyonidir” deb ta’riflagandi.

    Blogerning hibsga olinishi yuzasidan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham munosabat bildirdi.

    “Qonunni buzishga na jurnalist va na bloger haqli. Men bu haqda kecha o‘z fikrimni bildirdim. Lekin nima uchun eng xavfli jinoyatchidek uning uyida tintuv o‘tkazildi, nima uchun u ko‘plab odamlar bilan olib ketildi, nima uchun sud yopiq bo‘lyapti?

    Barcha tovlamachilikda gumon qilingan fuqarolarga shunaqa munosabat qilinadimi? Yoki bloger bo‘lgani uchun shunday alohida ‘hurmat-ehtirommi’? Bu normal holatmi? Ichki ishlar vazirligi bu masala yuzasidan izoh berishi shart. Metodlar qachon o‘zgaradi? Bosib olib ketmay, idoraga qonuniy chaqiruv qog‘ozi bilan chaqirilsa, kelmas edimi? Ehtiyot chorasi sifatida nima uchun eng og‘iri, qamoq tanlandi?

    Qonun hamma uchun barobar ekan, organ xodimlari ham oshirib yuborishmasin. Bizning jamoat fondimiz bunday xatti-harakatni keskin qoralaydi. Bosh prokuraturadan ushbu holatga huquqiy baho berishlarini so‘raymiz”, — degan u.

    Keyinroq Oliy sud ushbu blogerga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirilmagani va prokuraturaning blogerga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilishi haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgani ma’lum bo‘lgandi. Blogerning advokati Shavkat Shokirov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida u ishni uyushtirilgan deb hisoblashini aytgan.

    “Agar tergov organi prokuratura bilan birgalikda o‘z yuzini yo‘qotishni istamasa, unda jinoyat alomatlari yo‘qligi to‘g‘risida bayonot bilan uni ozod qilishi kerak. Hozirda ular boshqa bir qonunbuzarlik faktini ‘yaratish’ bilan band deb qo‘rqaman… Hozir Otabek butun tizim unga qarshi ishlayapti, deb hisoblamoqda”, — degan advokat.

    Mavzuga doir: “Qonun ustuvorligi haqida bong urayotgan ijtimoiy tarmoq faollaridan qonunchilikni hurmat qilishlarini talab qilamiz”. Shohrux G‘iyosov Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

    11.02.2021, 15:10   Izoh (0)   33713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda xo‘roz urishtirish tomoshasiga kelgan 51 kishi epidemiya qoidalarini buzishda ayblandi

    11.02.2021, 15:01

    Shuhrat Abdurahmonovning sobiq birinchi o‘rinbosari Andijon tumaniga hokim etib tayinlandi

    11.02.2021, 14:47

    O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta televizor to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

    11.02.2021, 14:24

    Andijonda 470 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    11.02.2021, 13:47

    Soliq va IIO tizimi mulozimlari Andijon viloyati hokimining yangi o‘rinbosarlari sifatida tanishtirildi

    11.02.2021, 13:23

    O‘zbekistonda 12-fevral kuni harorat 24 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

    11.02.2021, 13:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.