Daryo

Qiyma va sabzavotli sho‘rva tayyorlaymiz

Mazali hamda vaitaminlarga boy sho‘rvani tatib ko‘rishni tavsiya etamiz

1 daqiqa o‘qish48 630 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Taom tarkibidagi yashil loviya, makkajo‘xori, sarimsoq va boshqa vitaminga boy mahsulotlar bir-biri bilan uyg‘unlashib, takrorlanmas ta’mni hosil qiladi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • Sabzi − 1-2 dona;
  • Piyoz  − 1 dona;
  • O‘simlik yog‘i − 2 osh qoshiq;
  • Mol go‘shti qiymasi  − 450 gramm;
  • Sarimsoq − 2 bo‘lak;
  • Kartoshka − 2-3 dona;
  • Pomidor sharbati − 350-400 gramm;
  • Pomidor sousi −  150 gramm;
  • Go‘shtli bulyon − 1500-1700 ml;
  • Konservalangan yashil loviya  − 80-100 gramm;
  • Konservalangan makkajo‘xori − 80-100 gramm;
  • Ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Sabzi va ko‘kat mayda to‘g‘raladi. Piyoz maydalanadi.
  2. Qizigan yog‘da to‘g‘ralgan sabzavotlar qovuriladi. Ustidan qiyma solib, 4-5 daqiqa davomida pishiriladi.
  3. Ustidan maydalangan sarimsoq, tuz va ziravorlar solinadi.
  4. Kartoshka ham mayda to‘g‘ralib, pomidor sharbati va sousi qo‘shiladi. Aralashma ustidan bulyon solinib, 20-25 daqiqa davomida pishiriladi.
  5. Qaynab chiqqan sho‘rvaga makkajo‘xori va loviya qo‘shiladi. Yana 5-10 daqiqa qaynatiladi.
  6. Birozdan so‘ng taomni suzib, dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar