Daryo

Til go‘shtidan tushyonka tayyorlab ko‘ring

Vitaminlarga boy taomni, albatta, tayyorlab ko‘ring

1 daqiqa o‘qish33 082 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Pomidor sousida go‘sht yanada yumshoq bo‘lib pishadi va uni kartoshka  ajoyib ta’m bilan boyitadi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • Til go‘shti – 1 dona;
  • Suv – 1500-2000 ml;
  • Bulyon – 200-300 ml;
  • Piyoz – 1 dona;
  • Sarimsoq – 2-3 bo‘lak;
  • Pomidor sousi – 150-200 gramm;
  • Koriandr – 3-5 yaproq;
  • Oregano – ½-1 choy qoshiq;
  • Kartoshka – 2-3 dona;
  • Bulg‘or qalampiri – 1 dona;
  • Pomidor – 1 dona;
  • Yog‘, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Til go‘shtiga tuz sepilib, ikki soat mobaynida qaynatib olinadi.
  2. Go‘sht pishganidan so‘ng sovitishga qo‘yiladi.
  3. Til go‘shti qaynagan sho‘rva ustidan bulyon qo‘shiladi.
  4. Tovada yog‘ qizitilib, til go‘shti qizargunga qadar qovurib olinadi.
  5. So‘ngra parrak shaklida to‘g‘ralgan piyoz ham qizargunicha qovurib olinadi. Ustidan sarimsoq qo‘shib, yana 30 soniya davomida qovuriladi.
  6. Bulyon bilan birgalikda pomidor sousi, to‘g‘ralgan ko‘kat va oregano ham tovaga solinadi.
  7. Suyuqlik qaynab chiqqanidan so‘ng til go‘shti solinadi. Olov pasaytirilib, yana 40-50 daqiqa davomida dimlab pishiriladi.
  8. Kartoshka o‘rtacha, bulg‘or qalampiri va pomidor maydaroq to‘g‘raladi. Ular ham bulyonga solinib, 15-20 daqiqa pishiriladi.
  9. Til go‘shti olib, bo‘laklanadi. Taomga tuz va ziravorlar qo‘shilib, aralashtiriladi va idishlarga suziladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar