Daryo

Quyultirilgan sut bilan ajoyib ta’mga ega yong‘oqlar pishiramiz

Nafaqat bolajonlarning, balki kattalarning ham sevimli shirinligi

1 daqiqa o‘qish48 060 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Oltin rang po‘stlog‘li shirinlik ichini quyultirilgan sut bilan to‘ldirib, mazali yong‘oqlar tayyorlashni pazanda bekajonlarga tavsiya etamiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • sariyog‘ − 200 gramm;
  • un − 390 gramm;
  • tuxum sarig‘i −3 dona;
  • shakar − 90 gramm;
  • qabartma (razrixlitel) − 1/2 choy qoshiq;
  • tuz − 1/4 choy qoshiq;
  • quyultirilgan sut − 170 gramm.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Sariyog‘ eritib olinadi.
  2. Tuxum sarig‘i va shakar mikser yordamida aralashtiriladi.
  3. Ustidan eritilgan sariyog‘, qabartma va tuz solinadi.
  4. Massaga un solinib, xamir qoriladi.
  5. Xamir sochiq bilan yopilib, 20-30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  6. Xamir kichkina bo‘laklarga bo‘linadi. Yong‘oq qolipi oldindan qizdirilib, ichiga xamir bo‘laklari joylashtiriladi.
  7. Yong‘oqlar 3-4 daqiqa davomida qizarguncha pishiriladi.
  8. Tayyor yong‘oq bo‘laklari ichiga quyultirilgan sut quyiladi va bir-biriga yopishtiriladi.
  9. Yoqimli ishtaha!
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar