Daryo

Nonushtaga tez tayyor bo‘luvchi va mazali pirog tayyorlaymiz

“Ahil oila” oila pirogi sizning doimiy shirinliklar retseptingizdan joy olishiga ishonamiz

1 daqiqa o‘qish30 948 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Google Photos

Ishdan bo‘sh vaqtingizda yoki dam olish kunlari qanday qilib o‘z yaqinlaringiz ko‘nglini olishga o‘ylanayotgan bo‘lsangiz, bu retsept aynan siz uchun. Bugun birgalikda “Ahil oila” pirogini tayyorlab ko‘ramiz!

Foto: Google Photos
Kerakli mahsulotlar:
  • un – 430 gr;
  • sut — 190 ml;
  • tuxum — 1 dona;
  • tuxum sarig‘i — 1 dona;
  • margarin — 30 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 30 ml;
  • xamirturush — 25 gr;
  • shakar — 2 osh qoshiq;
  • tuz ta’bga qarab;
  • vanilin — 10 gr.
Tayyorlanish jarayoni:
  • mahsulotlarning hammasini stol ustiga qo‘yib olamiz;
  • iliq sutda xamirturushni suyultirib olib, shakarni va unni ham aralashmaga qo‘shib, 20 daqiqaga tindirish uchun qo‘yamiz;
  • tuxumni tuz bilan aralashtirib, tindirilgan aralashmani qo‘shamiz va aralashtiramiz. Qolgan mahsulotlarni ham birin-ketin qo‘shamiz va xamir qoramiz;
  • so‘ngra tayyor xamirni yana 10 daqiqaga tindirish uchun qo‘yamiz;
  • xamirni kesish oson bo‘lishi uchun o‘simlik yog‘i surtamiz (un ishlatmaymiz) va kichik-kichik koptokcha shaklida bo‘lib olamiz (taxminan 40 grammdan 19 dona koptokchalar chiqadi);
  • koptokchalarning ichini to‘ldirish uchun istalgan nachinkadan foydalanishingiz mumkin, masalan, murabbolardan. Va ularni tuguncha qilib o‘rab olamiz;
  • xamirli koptokchalar maxsus pishirish qog‘ozi solingan yoki yog‘langan listga bir-biriga yaqin qilib terib chiqamiz va pechga qo‘yamiz. 30 daqiqa davomida iliq xona haroratida saqlaymiz;
  • pirogning yuqori qismiga tuxumning sarig‘ini surtamiz va 20 daqiqa davomida 180 gradusda pishirib olamiz. Tayyor bo‘lgan pirogni dasturxonga tortamiz va o‘z yaqinlaringizni xursand qilamiz!
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar