Daryo

Pechda pishirish shart emas: atigi 4 mahsulot bilan shokoladli chizkeyk tayyorlab ko‘ring

Mazali chizkeyk barchaga manzur kelishi shubhasiz

1 daqiqa o‘qish37 542 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Buning uchun ikki xil shokolad, pishloq va qaymoq bo‘lsa kifoya. Mazali shirinlik bir zumda dasturxonni bezaydi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • achchiq shokolad − 250 gramm;
  • sariyog‘li pishloq − 500 gramm;
  • sutli shokolad − 90 gramm;
  • yog‘li qaymoq − 80 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
  • achchiq shokolad idishga solinib, bug‘ yordamida eritib olinadi yoki uni mikroto‘lqinli pechda ham eritish mumkin, faqat har 10 soniyada uni aralashtirib turish kerak;
  • xona haroratidagi pishloqqa eritilgan shokolad qo‘shilib, blenderda aralashtiriladi;
  • diamteri 16—18 santimetr bo‘lgan qandolat qolipiga aralashma quyiladi, usti silliqlanadi;
  • 2 soatga muzlatkichga qo‘yiladi;
  • sutli shokolad mayda bo‘laklarga bo‘linadi, ustidan issiq qaymoq quyilib, yaxshilab aralashtiriladi;
  • chizkeykning ustidan qaymoqli aralashma quyilib, yana 10 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar