Daryo

Janubiy Koreyada qat’iy karantin 14-fevralga qadar uzaytirildi

Janubiy Koreyaning poytaxt mintaqasida ijtimoiy masofa saqlashning besh balli darajasidan to‘rtinchi darajasiga amal qilish majburiy etib belgilangan

1 daqiqa o‘qish33 384 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Koreya Respublikasi hukumati Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni nishonlash arafasida va bayram kunlari ommaviy ravishda koronavirusni yuqtirish xavfi munosabati bilan ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha qat’iy choralarni 14-fevralga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: “TASS”

Hozirda Janubiy Koreyaning poytaxt mintaqasida ijtimoiy masofa saqlashning besh balli darajasidan to‘rtinchi darajasiga amal qilish majburiy etilgan. Boshqa hududlarda bu daraja uch ball etib belgilangan. Seul, Kyonggi viloyati va Inchxon shahrida to‘rt kishidan ko‘p odamning yig‘ilishi taqiq ostida turibdi. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari tashrif buyuruvchilarni soat 21:00 gacha qabul qiladi. Belgilangan vaqtdan keyin ular yetkazib berish yoki olib ketish rejimida ishlashi mumkin. Cherkovlar onlayn rejimda ishlaydi, faqat yakshanba kunlari to‘liq kunlik xizmatlar hamda 10% dan ko‘p bo‘lmagan joyni band qilishga ruxsat beriladi. Barlar va tungi klublar faoliyatiga taqiq saqlanib qolmoqda.

O‘tgan bir kecha-kunduzda Koreya Respublikasida koronavirusga chalinish bo‘yicha 305 ta yangi holat qayd etildi. Pandemiya boshlanganidan beri virus yuqtirganlarning umumiy soni 78 508 kishini tashkil etdi, jami 68 309 nafar bemor tuzaldi.

2020-yilning dekabr oyida Janubiy Koreyada koronavirusning uchinchi to‘lqini kuzatilayotgani munosabati bilan yangi cheklovlar joriy qilingandi. 2021-yil 11-yanvar kuni davlat rahbari Mun Chje In mamlakatning barcha fuqarolari koronavirusga qarshi bepul emlanishini va bu jarayon kelasi oydan boshlanishini e’lon qilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar