Daryo

Madridda komendantlik soati kuchaytirildi va mehmonga borish taqiqlandi

Bunday choralar kamida ikki hafta davom etadi

1 daqiqa o‘qish16 730 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Ispaniya hukumati 25-yanvardan boshlab Madrid avtonom jamoatida komendantlik soatini kuchaytirmoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks” El Pais gazetasiga tayanib.

Foto: Getty Images

Dushanba kunidan boshlab komendantlik soati odatdagidan bir soat oldin — 22:00 dan boshlanadi va soat 6:00 gacha davom etadi. Kafe, restoran va do‘konlar bundan ham erta — soat 21:00 da yopilishi kerak. Bunday choralar kamida ikki hafta davom etadi.

Bundan tashqari, hukumat odamlarni mehmonga taklif qilishni taqiqlamoqda. Faqatgina boshqa odamga yordam berish yoki uning ahvolidan xabar olish uchun borish mumkin.

Oila a’zolaridan boshqalar bilan ko‘chada yoki boshqa jamoa joylarda uchrashish mumkin bo‘ladi, lekin ular soni tort kishidan ortmasligi kerak.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyada pandemiya davridan boshlab 2,4 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, ularning 55,4 mingdan ortig‘i vafot etgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar