Daryo

Dunyo bo‘yicha 85 million dozadagi COVID-19’ga qarshi vaksinalar ishlatib bo‘lindi

Aholini COVID-19’ga qarshi emlash tezligi bo‘yicha hanuzgacha Isroil yetakchilik qilmoqda, mamlakatda har 100 odamga 48,9 doza vaksina to‘g‘ri keladi

1 daqiqa o‘qish46 606 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

2021-yil yanvar oyining oxiri holatiga ko‘ra butun dunyoda 84,9 million doza koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlatib bo‘lindi. Bu har 100 kishiga 1,1 dozadan yuborilganini anglatadi, deyiladi Our World in Data ma’lumotlarida.

Foto: EPA

Aholini COVID-19’ga qarshi emlash tezligi bo‘yicha hanuzgacha Isroil yetakchilik qilmoqda, mamlakatda har 100 odamga 48,9 doza vaksina to‘g‘ri keladi.

Infografika: Our World in Data

Qit’alar o‘rtasida ham farq sezilarli darajada, Afrikada vaksinatsiya bo‘yicha dasturlar ishga tushirilmagan, Shimoliy Amerikada esa har 100 kishiga 4,7 dozadan to‘g‘ri kelmoqda.

Infografika: Our World in Data

Boyligi kam bo‘lgan davlatlar COVAX dasturidan foydalanishga intilmoqda va unga ko‘ra yil oxiriga qadar 2 milliard doza vaksina ularga ajratilishi mumkin.

Ma’lumotlarda butun dunyo bo‘yicha sakkizta vaksinadan foydalanib kelinayotganligi qayd etilgan. Pfizer-BioNTech vaksinasining samaradorligi 95 foizni tashkil qiladi va undan 49 ta mamlakat aholisini emlashda foydalanilmoqda. Yana bir qancha davlatlar o‘z vaksinalarini tasdiqlagan, biroq ularni ishlatishni boshlamagan. Virusdan to‘liq himoyalanish uchun yuqorida sanab o‘tilgan vaksinaning ikkita dozasini qabul qilish talab etiladi.

Avval Marokash qiroli Muhammad VI 28-yanvar kuni fuqarolarni koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo‘yicha milliy kampaniya boshlashni ma’qullagani, Germaniyadagi Robert Kox nomli virusologiya institutining vaksinatsiya bo‘yicha doimiy komissiyasi (STIKO) 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun AstraZeneca ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasining vaksinasidan foydalanishni tavsiya qilgani, shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi vaksinatsiya jarayonining dastlabki bosqichida 50 mingga yaqin aholi emlanishini bildirgani haqida xabarlar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar