Daryo

O‘zbekistonda 1-fevraldan benzin narxi oshishi kutilmoqda

O‘zbekiston milliy valyutasida belgilangan ayrim aksiz solig‘i stavkalari oshiriladi

1 daqiqa o‘qish74 938 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy valyutasida belgilangan ayrim aksiz solig‘i stavkalari 2021-yil 1-fevralidan boshlab oshiriladi.

Foto: “Daryo”
Xususan, ayrim neft mahsulotlarining oshirilgan soliq stavkalari endilikda quyidagicha bo‘ladi:
  • 1 tonna Ai-80 benzini 240 ming so‘m (2021-yil 1-yanvardan 200 ming so‘m edi);
  • 1 tonna Ai-91, Ai-92, Ai-93 va Ai-95 benzini 275 ming so‘m (2021-yil 1-fevralga qadar 250 ming so‘m);
  • 1 tonna dizel yonilg‘isi 240 000 so‘m (40 ming so‘mga qimmatlaydi).
Ma’lumot uchun, 2020-yilda respublikada 1 million tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan savdolar yakuniga ko‘ra, birja savdolariga 30 ming 426 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 6 ming 520,5 tonnasi, ya’ni 21,4 foizi sotildi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirilishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293—1370 litrni tashkil qiladi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar