Daryo

Mol go‘shtidan vitaminlarga boy “solyanka” tayyorlaymiz

Qish faslida sevib iste’mol qilinadigan ajoyib taom retsepti

1 daqiqa o‘qish32 398 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-chef

“Solyanka” ichidagi sabzavot va go‘sht mahsulotlari taomning mazasini batamom boyitadi.

Foto: Hi-chef
Kerakli mahsulotlar:
  • Mol go‘shti (lahm) − 300 gramm;
  • Kartoshka − 1 dona;
  • Dudlangan kolbasa − 50 gramm;
  • Dudlangan mol go‘shti − 80 gramm;
  • Sosiska − 3 dona;
  • Piyoz − 2 dona;
  • Sabzi − 1 dona;
  • Tuzlangan bodring − 3 dona;
  • Zaytun − 50 gramm;
  • Suv − 2,5 litr;
  • Yog‘, shakar, tomat pastasi, qatiq va ko‘katlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Kichikroq piyoz va go‘sht ustidan suv quyiladi va qaynatishga qo‘yiladi. Ustidan ko‘piklari olinadi.
  2. 40 daqiqa qaynagach tayyor bo‘lgan bulyondan faqatgina piyoz olinadi. Unga to‘rtburchak to‘g‘ralgan kartoshka va sabzi solinadi. Yana 30 daqiqa qaynatiladi.
  3. Barcha go‘sht va kolbasa mahsulotlari somoncha shaklida to‘g‘raladi va tovada qovuriladi. Ustidan to‘g‘ralgan piyoz qo‘shiladi.
  4. Bulyonda qaynayotgan mol go‘shti olinib, somoncha shaklda to‘g‘raladi va tovadagi aralashmaga solinadi.
  5. Ustidan to‘g‘ralgan bodring, tomat pastasi va bir choy qoshiq shakar qo‘shiladi. Biroz qovurilgandan so‘ng 100 ml bulyon quyiladi va 15-20 daqiqa qaynatiladi.
  6. Taom tayyor bo‘lgach ko‘kat va zaytun qo‘shiladi. Taomni suzishda limon bo‘laklari va qatiq solib, dasturxonga tortiladi. Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar sepiladi. Yoqimli ishtaha!
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar