Daryo

Qish mavsumida iste’mol qilish tavsiya etiladigan 3 ta mazali sho‘rva retsepti

Taomlar vitaminga boyligi bilan turli xil yuqumli kasalliklardan ham himoya qiladi

2 daqiqa o‘qish98 002 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: ELLE

Qish mavsumida vitaminlarga boy qaynoqqina sho‘rvaga yetadigan narsa yo‘q. Ushbu taom nafaqat qorinni to‘q tutadi, balki turli xil vitaminlarga boyligi bilan yuqumli kasalliklardan ham himoya qiladi.

Foto: ELLE

Mol go‘shtidan yasmiq sho‘rva

Foto: ELLE
Kerakli mahsulotlar:
  • Sabzi – 100 gramm;
  • Piyoz −150 gramm;
  • Mol go‘shti – 300 gramm;
  • Yasmiq – 120;
  • Bulg‘or qalampiri – 200 gramm;
  • Zaytun moyi – 50 gramm;
  • Sariyog‘ – 50 gramm;
  • Tomat pastasi – 400 gramm;
  • Sarimsoq – 20 gramm;
  • Dafna yaprog‘i – 1 gramm;
  • Suv − 1 litr;
  • Pishloq – 10 gramm;
  • Qaynatilgan makaron – 30 gramm;
  • Ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Mol go‘shti qaynatib olinadi. Zaytun moyida to‘rtburchak to‘g‘ralgan sabzi, piyoz, sarimsoq va ko‘katlar qovurib olinadi. Ustidan sous quyilib, qaynatiladi.
  2. Ivitilgan yasmiq qaynatib olinadi. Yasmiq pishgandan so‘ng, ustidan sabzavotli aralashma qo‘shiladi. Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar solinib, aralashtiriladi.
  3. Dasturxonga tortishdan avval qaynatilgan makaron va pishloq solinadi.
Beyran sho‘rvasi
Foto: ELLE
Kerakli mahsulotlar:
  • Qo‘y oyog‘i – 250 gramm;
  • Guruch – 10 gramm;
  • Sarimsoq – 30 gramm;
  • Sariyog‘ – 10 gramm;
  • Mol go‘shti bulyoni – 1,5 litr
  • Tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni

Qo‘zichoq oyog‘i mol go‘shtli bulyonda pishiriladi. Sariyog‘ga achchiq qalampir ziravori qo‘shiladi. Ustidan bulyon, guruch va tayyor go‘sht solinib, past olovda qaynatib olinadi va tayyor bo‘lishidan 3 daqiqa avval sarimsoq qo‘shiladi. Yoqimli ishtaha!

Lo‘li kabobli xarcho sho‘rvasi

Foto: ELLE
Kerakli mahsulotlar:
  • Mol go‘shti bulyoni – 200 ml;
  • Piyoz – 30 gramm;
  • Tomat pastasi – 35 gramm;
  • O‘simlik yog‘i – 10 gramm;
  • Tkemali sousi – 5 gramm;
  • Pomidor – 35 gramm;
  • Qaynatilgan guruch – 20 gramm;
  • Sarimsoq – 5 gramm;
  • Ajika – 20 gramm;
  • Zaytun yog‘i – 5 ml;
  • Qo‘y go‘shti qiymasi – 70 gramm;
  • Ko‘kat, tuz va ziravorlar, sarimsoq moyi.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Piyoz o‘simlik yog‘ida qovuriladi. Tomat pastasida ajika, souslar va ziravorlar eritib olinadi. Aralashma bulyonga qo‘shiladi. Ustidan guruch, ko‘katlarning yarmi, ajika, tuz va qalampir solinadi.
  2. Sarimsoq mayda to‘g‘ralib, ko‘kat va dafna barglari birgalikda qo‘shiladi. 5 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvaga to‘g‘ralgan pomidor, sarimsoq moyi qo‘shiladi.
  3. Lo‘li-kabob qovuriladi.
  4. Idishlarga suzilgan sho‘rvaga lo‘li-kabob solib, dasturxonga tortiladi.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar