Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 18-turida “Borussiya M” 22-yanvar, juma kuni “Borussiya D”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning 11-daqiqasida Niko Elvedi myunxengladbaxliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga dortmundliklar ko‘p o‘tmay Erling Holandning dubli bilan javob qaytardi. 32-daqiqada Elvidi ham dubl qayd etgan holda muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Rami Bensebayni maydon egalarining uchinchi golini urgan bo‘lsa, 78-daqiqada Markus Tyuram yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

“Borussiya M” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 31 taga yetkazib oldi va 4-o‘ringa ko‘tarildi. Ketma-ket uch o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayotgan Dortmund jamoasi esa 29 ochko bilan 5-o‘ringa ravona bo‘ldi.

Bundesliga

18-tur bahsi

22-yanvar, juma

“Borussiya M” — “Borussiya D” 4:2

Gollar: 1:0 – 11 Elvedi, 1:1 – 22 Holand, 1:2 – 28 Holand, 2:2 – 32 Elvedi, 3:2 – 49 Bensebayni, 4:2 – 78 Tyuram.

“Borussiya M”: Zommer, Layner, Ginter, Elvedi, Zakariya (Herrmann, 84), Bensebayni, Shtindl (Volf, 71), Kramer, Noyxaus, Hofmann (Tyuram, 65), Plea (Embolo, 70).

“Borussiya D”: Byurki, Morey (Tigges, 87), Hummels, Akanji, Gerreyru, Jan, Brandt, Sancho, Bellinghem (Mukoko, 79), Roys (Reyna, 71), Holand.

Ogohlantirishlar: Kramer (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi