Daryo

Portugaliyalik shifokor Pfizer vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng vafot etdi

Marhumning otasi qizining sog‘lig‘ida hech qanday muammo bo‘lmaganligini ta’kidlamoqda

1 daqiqa o‘qish50 672 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Correio da Manha

Portugaliyada shifokor Soniya Asevedo Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 kasalligiga qarshi vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng to‘satdan vafot etdi. Bu haqda Correio da Manha mahalliy nashriga tayanib “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.

Foto: Correio da Manha

Ma’lum qilinishicha, ayol 41 yoshda bo‘lgan. U Portudagi Onkologiya institutida pediatr bo‘lib ishlagan va emlangan 538 xodimdan biri bo‘lgan. Ikki farzandning onasi bo‘lgan Asevedo inyeksiyadan 48 soat o‘tgach, 1-yanvar kuni vafot etgan.

Marhumning otasi qizining sog‘lig‘ida hech qanday muammo bo‘lmaganligini ta’kidlamoqda. Soniyada emlashdan so‘ng, nojo‘ya ta’sirlarga oid shikoyatlar bo‘lmagan.

“Unga COVID-19 vaksinasi berildi, ammo unda kasallik alomatlari yo‘q edi. Men nima bo‘lganini bilmayman. Menga faqatgina javoblar kerak. Men qizimning o‘limiga nima sabab bo‘lganini bilmoqchiman”, – deydi shifokorning otasi.

Soniya Asevedoning o‘limi sabablarini aniqlash uchun uning tanasi yorib ko‘riladi.

Avvalroq Isroilda Pfizer vaksinasi bilan emlangan erkak yurak xurujidan vafot etgani, AQShda ushbu vaksina bilan emlangan ikki tibbiyot xodimining ahvoli yomonlashgani, sinovlardagi 6 ko‘ngilli esa vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar