Turkiyaning eng taniqli aktyorlaridan biri Xalit Ergench va Berguzar Korel “1001 kecha” teleseriali suratga olinayotganda tanishgan. Juftlik 2009-yil turmush qurgan va hozirda ikki o‘g‘ilni tarbiya qilmoqda.
Foto: Instagram / @berguzarkorel
Odatda yulduzlar hayoti haqidagi yangiliklarni bo‘lishishni istamaydi. Ular yashash joyini bir necha bora o‘zgartiradi, bu balki haddan ortiq bezovta qiluvchi muxlislar tufaylidir. Xalit esa “Muhtasham yuz yil” serialida Sulton Sulaymon rolini ijro etganidan so‘ng hashamatli villaga ko‘chib o‘tgan. Uy Istanbulning eng yaxshi joylaridan birida joylashgan.
Foto: Instagram / @berguzarkorel
Villada bir nechta yotoqxona, uchta katta teras va ikkita suzish havzasi mavjud. Uyning ichki qismida oq va qaymoq rang ustunlik qilgan. Ovqatlanish xonasining biri derazali bo‘lib, oila nonushta vaqtida bemalol yashil maydonni tomosha qilishi mumkin.
Foto: Instagram / @berguzarkorel
Bundan tashqari, Berguzar o‘simliklarning ashaddiy muxlisasidir. U Instagram sahifasida joylashtirgan suratlarga qaraganda, uyning hamma joyida gullar bor.
Foto: Instagram / @berguzarkorel
Shuningdek, juftlikning uyida yorqin rangdagi mebelni topish qiyin. Devorlar ham neytral rangdan iborat.
Foto: Instagram / @berguzarkorel
Hashamatli uyning asosiy xonasidan kamen o‘rin olgan bo‘lib, oila bayram archasini u yerga joylashtirgan.
Foto: Instagram / @berguzarkorel
Mavzuga doir:
- “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Mohidavron − Nur Fettaho‘g‘luning dabdabali uyiga sayohat (foto)
- Turkiyaning eng taniqli aktyorlaridan biri – Burak O‘zchivit qanday uyda yashaydi? (video)
- Gollivud aktrisasi Keyt Uinsletning Nyu-York markazida joylashgan ikki qavatli pentxausiga sayohat (foto)
- Gollivud aktrisasi Skarlet Yoxanssonning Nyu-Yorkdagi 2 million dollarlik pentxausiga sayohat (foto)