Yer sayyorasida inson hali ko‘rib, o‘rganib ulgurmagan o‘simliklar mavjud. Ularni uchratgan odam esa tabiatning chinakam ixtirochi ekaniga ishonishi tabiiy. Quyida dunyoning turli qismlariga virtual sayohat qilgan holda o‘xshashi yo‘q noyob o‘simliklarni tomosha qilish imkoniyati mavjud.
Anturus Archer, garchi u gulga o‘xshasa ham, aslida qo‘ziqorin. U hasharotlarni jalb qiladigan shilimshiq bilan qoplangan.
Foto: AdMe
Xoyya Kerraning yaproqlari yurakchaga o‘xshaydi, shuning uchun ushbu gul Yevropada “Sevishganlar kuni”da sotiladi.
Foto: AdMe
Seloziya nafaqat go‘zal, balki mazali hamdir. Hindistonda o‘simlik yo‘q bo‘lib ketish arafasida.
Foto: AdMe
Anguloya guli xuddi yo‘rgakka o‘ralgan go‘dakka o‘xshaydi, hidi esa dolchinni eslatadi.
Foto: AdMe
Ushbu o‘simlik yorqin tolalari bilan hasharotlarni ushlab, so‘ngra o‘ralib oladi.
Foto: AdMe
Ushbu muzni yodga soluvchi gullar qo‘ziqorin bilan oziqlanadi.
Foto: AdMe
Hamisha yashil vitalis suv parisining dumiga o‘xshaydi, ammo u tuproqda o‘sadi.
Foto: AdMe
Editkoleyani “Fors gilamcha guli” deb ham atashadi, uning poyasi Efiopiya va Somalida sabzavot kabi iste’mol qilinadi.
Foto: AdMe
Xavortiya Kuperaning tabiiy yashash joyi tuproq qatlami bo‘lib, uning yuzasida faqat shaffof barglari ko‘rinib turadi.
Foto: AdMe
Tovus begoniya Malayziya o‘rmonlarida o‘sadi. Uning yaproqlarida g‘ayrioddiy ranglar sintezini ko‘rish mumkin.
Foto: AdMe
Kirkazon zaharli bo‘lib, uni Rossiya va boshqa mamlakatlarga olib kirish taqiqlanadi.
Foto: AdMe
Sukkulent-toshlar Janubiy Afrikaning quruq iqlimiga o‘rgangan. Ular gullashi, hatto meva berishi ham mumkin.
Foto: AdMe
Bu ekzotik meva emas, balki haqiqiy zanjabil.
Foto: AdMe
Balandligi 10 santimetrgacha bo‘lgan bu gul “gnom-o‘simlik” deb ataladi.
Foto: AdMe
Ajdargulni quritganda, bosh suyagiga o‘xshash urug‘lar hosil bo‘ladi.
Foto: AdMe
Oltin-binafsharang stapeliya gullari dengiz yulduziga o‘xshaydi va undan asalari mumi isi keladi.
Foto: AdMe
Sonor folismalari faqatgina Shimoliy Amerikaning qum tepaliklarida o‘sadi.
Foto: AdMe
Aloening ushbu turi Janubiy Afrikada uchraydi va yo‘qolib ketish xavfi ostida. Uni eksport qilish va sotish taqiqlangan.
Foto: AdMe
Kaliforniyada keng tarqalgan parazit o‘simlik.
Foto: AdMe
Qanotlari yoyilganoq qushga o‘xshash orxideya Xitoy, Yaponiya va uzoq Sharqda o‘sadi.
Foto: AdMe
Aristoloxiya arborey gullari hasharotlar uchun haqiqiy tuzoq.
Foto: AdMe
Go‘shtdor Xoyya − xushbo‘y nektar va g‘ayrioddiy barglardan iborat uy o‘simligi.
Foto: AdMe
Argiroksifiyni faqatgina Gavayining Maui orolidan topish mumkin. U faqat bir marta gullaydi.
Foto: AdMe
Bu aslida kaktus. U “tun malikasi” deb nomlanadi. Chunki u faqat tunda gullaydi.
Foto: AdMe