Daryo

Slovakiya va Gretsiya prezidentlari COVID-19’ga qarshi emlandi

27-dekabrdan Yevropa mamlakatlari o‘z aholisini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashga kirishdi

1 daqiqa o‘qish46 724 ko‘rishlar0 izoh0
Zuzana Chaputova Foto: “Prezident.sk”

Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova koronavirusga qarshi emlandi, deb yozadi “RBK” davlat rahbari saytiga tayanib.

Zuzana Chaputova.Foto: “Prezident.sk”

U vaksinatsiyani COVID-19’ni yengish va “hayotni normal oqimga qaytarish”ning “yagona usuli” deb hisoblaydi. “Shuning uchun men sog‘liqni saqlash vazirining taklifini qabul qilib, bugun vaksina oldim”, — dedi Chaputova.

Slovakiyada 27-dekabr kuni aholini emlash boshlandi. Prezident koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan birinchi odam bo‘ldi. U vaksinani Bratislava universitet kasalxonasida oldi. Shuningdek, hukumat va parlament a’zolarining ba’zilari ham emlandi. Birinchi navbatda shifokorlar ham vaksina oladi.

Gretsiyada prezident Katerina Sakellaropulu va bosh vazir Kiriakos Mitsotakis birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi emlandi. Sakellaropulu Afinadagi “Evangelismos” kasalxonasida, hukumat rahbari esa “Attikon” universitet kasalxonasida vaksina oldi. Mitsotakis ham vaksinani COVID-19’ga qarshi yagona vosita deb atadi.

27-dekabrdan Yevropa mamlakatlari o‘z aholisini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashga kirishdi. Yevroittifoq hozircha faqat bitta dorini — Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani qo‘llashga ruxsat bergan. Xususan, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Avstriya, Bolgariya, Chexiya va Italiya aholisi vaksina olishni boshladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlanish niyatini bildirgan edi.

Shu paytgacha AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu koronavirusga qarshi vaksina olgan, bu jonli efir orqali namoyish etilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar