Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish boshlandi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, mazkur loyiha metsenat sifatida ishtirok etib, katta yordam ko‘rsatayotgan saxovatli fuqarolar ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda.

“Bu g‘oya qalbimga juda yaqin, shuning uchun uni har tomonlama qo‘llab-quvvatladim va uni amalga oshirishda maksimal darajada yordam berishga harakat qildim.

Zamonaviy, texnologik kutubxonani yaratish bilan birga, binoning tashqi ko‘rinishini saqlab qolish ham juda muhim edi. Arxitektura yodgorligi bo‘lgan ushbu binoni Toshkent aholisi juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun kutubxonani asl shaklida saqlab qolish biz uchun prinsipial masala edi, biz bunga alohida e’tibor qaratdik”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Ta’kidlanishicha, Respublika bolalar kutubxonasi bolalar hamda ularning ota-onalari uchun milliy va jahon madaniyati adabiy ijodining eng yaxshi namunalarini o‘zlashtirishga yordam beruvchi asosiy madaniyat o‘chog‘iga aylanishiga umid bildirgan.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Eslatib o‘tamiz, shu yilning sentabr oyi o‘rtalarida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Respublika bolalar kutubxonasi binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan loyihani taqdim etgandi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi