Daryo

Yozda koronavirusdan tuzalgan Lukashenko emlanmaslikka qaror qildi

Belarus hukumati 1,2 millionga yaqin odamni koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda

1 daqiqa o‘qish21 614 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “President.gov.by”

Yozda koronavirusga chalinib, sog‘aygan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko virusga qarshi emlanmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Minskdagi bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tashrifi vaqtida ta’kidlab o‘tgan, deb xabar beradi “STV” telekanali.

Foto: “President.gov.by”

“Vaksinatsiyadan o‘tmayman, emlanmayman — mening kayfiyatim shaxsiy. Shaxsiy — prezident sifatida emas. Immunitet shakllangan, demak, oson bo‘ladi”, — deydi mamlakat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat 1,2 millionga yaqin odamni koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda. Aholi vaksinatsiyasi uchun turli ishlab chiqaruvchilarning bir nechta vaksinalaridan foydalaniladi. “Balki ikki milliondir. Barchasi odamlarning bunga rozi bo‘lishiga bog‘liq”, — deydi Lukashenko. Shu bilan birga, prezidentning ta’kidlashicha, hech kim emlashga majburlanmaydi.

“Biz vaksinatsiyani imkoniyatini taqdim etamiz. Shuningdek, vaksinani tanlashni ham rejalashtiryapmiz”, — deya va’da beradi u.

Emlash kampaniyasining boshida Rossiya vaksinasidan foydalaniladi, Belarus uni nafaqat sotib olishni, balki ishlab chiqarishni ham reja qilgan. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, belaruslarda besh—oltita dori vositasidan bittasini tanlash imkoniyati bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyulda Belarus prezidenti koronavirus yuqtirib olganini bildirgan, lekin kasallikni oyoqda o‘tkazib yengib o‘tganini aytgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar